locale OZ

Ostanadagi Grand Slam turnirining mukofot jamg‘armasi 1,7 milliard so‘mni tashkil etadi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ostanadagi Grand Slam turnirining mukofot jamg‘armasi 1,7 milliard so‘mni tashkil etadi
Rasm: olamsport.uz

2025 yil 9–11 may kunlari Qozog‘iston poytaxti Ostana shahrida bo‘lib o‘tadigan dzyudo bo‘yicha Grand Slam turnirining umumiy mukofot jamg‘armasi e’lon qilindi, deb xabar beradi Asia-Plus nashri.

Turnirdagi sovrinlar fondi 154 ming yevroni tashkil etadi. Bu miqdor taxminan 1,7 milliard so‘mga teng.

Bellashuvlarda har bir vazn toifasi bo‘yicha (erkaklar va ayollar o‘rtasida 7 tadan — jami 14) g‘oliblar 5 ming yevro (taxminan 55 million so‘m), kumush medal sohiblari 3 ming yevro (taxminan 33 million so‘m), bronza medal sohiblari esa 1,5 ming yevro (taxminan 16,5 million so‘m) miqdorida pul mukofotiga ega bo‘lishadi.

Ma’lumot uchun, Grand Slam turnirlari dzyudochilar uchun Olimpiada, jahon chempionati va World Masters musobaqalaridan keyingi eng nufuzli bellashuvlardan hisoblanadi. Ularda qatnashish orqali sportchilar xalqaro reytingda muhim ochkolarni qo‘lga kiritishlari va Olimpiya o‘yinlari hamda boshqa yirik turnirlarga saralash imkoniga ega bo‘lishadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting