locale OZ

O'smirlarimiz Vetnamdagi Osiyo chempionatini kumush va bronza medallari bilan yakunladi

Erkin kurash bo'yicha terma jamoamiz U17 yosh toifasida umumjamoa hisobida uchinchi o'rinni egalladi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz

Vetnamda sport kurashlari bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'z nihoyasiga yetdi. Musobaqaning so'nggi kuni U17 yosh toifasida erkin kurash bahslari o'tkazildi. O'zbekiston terma jamoasi bu bellashuvlarda 2 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo'lga kiritdi.

Kumush medal sohiblari:
• 51 kg: Ulug'bek Rashidov
• 55 kg: Abdumalik Jaloliddinov

Bronza medal sohiblari:
• 45 kg: Mirjalol Mukammilov
• 48 kg: Shaxobiddin Nurmanov
• 60 kg: Faxriddin Nasriddinov

Umuman, terma jamoamiz mazkur yosh toifasidagi bahslarda 1 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronza medaliga ega chiqib, umumjamoa bahosida uchinchi o'rinni qo'lga kiritdi.

Chempionat doirasida barcha yo'nalishlardagi ishtirokchilarimiz jami 5 ta oltin, 7 ta kumush va 12 ta bronza medalini qo'lga kiritdi. Bu esa yoshlar o'rtasidagi ishonchli o'sish va yuqori salohiyatdan dalolat beradi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting