O‘smirlarimiz 18 ta medal bilan Osiyo chempionatida birinchi bo‘lishdi!
Qit’a birichiligiga yo‘l olgan 20 dzyudochimizdan 18 nafari yakunda shohsupaga ko‘tarildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Judo Uzbekistan
Indoneziyaning Jakarta shahri mezbonlik qilgan kadetlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yakuniga yetdi.
Ikki kunlik bellashuvlarda o‘smir dzyudochilarimiz tarixiy natija qayd etishdi. Terma jamoamiz 7 ta oltin, 3 ta kumush, 8 ta bronza, umumiy 18 ta medal bilan 21 davlat orasida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi. Koreya Respublikasi hisobida 3, qo‘shni Qozog‘istonda esa 2 ta oltin medal bo‘ldi. Katta tafovut bilan Osiyo chempionatida tengsiz bo‘ldik.
Eng asosiysi, qit’a birichiligiga yo‘l olgan 20 dzyudochimizdan 18 nafari yakunda shohsupaga ko‘tarildi. Bu dzyudochilarimizning Osiyo dzyudochidagi mavqeidan darak bermoqda.