O'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Jahon chempionatini muvaffaqiyatli boshladik
Misrning Qohira shahrida para pauerlifting bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasida Jahon chempionati start oldi.
Musobaqaning ilk kunida O'zbekiston terma jamoasining 9 nafar sportchisi bahslarga kirishdi. Yakunda vakillarimiz tomonidan 10 ta oltin, 5 ta kumush va 2 ta bronza medallari qo'lga kiritildi.
65 kg: Akbarali Rahmonov (2 ta oltin)
50 kg: Ziyoda Boqijonova (2 ta oltin)
55 kg: Zuhra Yo'ldosheva (2 ta oltin)
55 kg: Oyshajon Karimberganova (2 ta oltin)
65 kg: Khojiakbar Hamidov (1 ta oltin va 1 ta bronza)
49 kg: Abdulloh Abdulazizov (1 ta oltin)
41 kg: Sultonposhsha Berdieva (2 ta kumush)
45 kg: Gulsanam Sobirova (2 ta kumush)
59 kg: Suxrob Farhodov (1 ta kumush va 1 ta bronza).
Ayni damda musobaqaning ikkinchi kungi bellashuvlari o'tkazilmoqda. Dasturga ko'ra, bugun 16 nafar o'zbekistonlik atlet supachaga ko'tariladi.