locale OZ

O'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionati: Erkin kurashchilarimiz umumjamoa hisobida kuchli uchlikka kirdi

U17 yosh toifasidagi polvonlarimiz 9 ta medal bilan uchinchi o'rinni qo'lga kiritishdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz

Vyetnamda bo'lib o'tgan sport kurashlari bo'yicha o'smirlar va yoshlar o'rtasidagi Osiyo chempionati o'z nihoyasiga yetdi. Musobaqaning so'nggi kuni U17 yosh toifasida erkin kurash bellashuvlari tashkil etildi.

O'zbekiston terma jamoasi ushbu bellashuvlarda 2 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo'lga kiritdi:

🥈 Kumush medallar:
• 51 kg: Ulug'bek Rashidov
• 55 kg: Abdumalik Jaloliddinov

🥉 Bronza medallar:
• 45 kg: Mirjalol Mukammilov
• 48 kg: Shahobiddin Nurmanov
• 60 kg: Faxriddin Nasriddinov

Chempionat yakuniga ko'ra, o'smirlar terma jamoamiz erkin kurash bo'yicha 1 ta oltin, 3 ta kumush va 5 ta bronza medaliga ega chiqdi. Bu natija orqali ular umumjamoa hisobida 3-o'rinni egallashdi.

Umuman, ushbu yosh toifasidagi sportchilarimiz turli yo'nalishlarda jami 5 ta oltin, 7 ta kumush va 12 ta bronza medaliga ega chiqishdi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting