locale OZ

O'smirlar olimpiadasida 5 turdan so'ng: O'zbekiston 5-o'rinda

Jamoamiz 4 g'alaba va 1 mag'lubiyat bilan 8 ochko to'pladi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz

Kolumbiyaning Barrankilya shahrida shaxmat bo'yicha o'smirlar (U-16) o'rtasidagi Butunjahon Olimpiadasi davom etmoqda. Nufuzli musobaqada 45 davlatdan 90 jamoa ishtirok etmoqda.

O'zbekiston terma jamoasi o'rtacha reyting bo'yicha 2-o'rinda qayd etilgan edi va musobaqani 3 g'alaba bilan boshladi. Jamoaga xalqaro grossmeyster Saydali Yuldashev bosh murabbiylik qilmoqda. Tarkibda xalqaro sport ustalari Humoyun Begmuratov (2435), Muhammadzohid Suyarov (2356), FIDE sport ustasi Asrorjon Omonov va ikki karra yoshlar o'rtasidagi jahon chempioni, ayollar xalqaro sport ustasi Afruza Hamdamova o'yin olib borishmoqda.

Kecha 4-turda yurtdoshlarimiz Qozog'iston-2 jamoasini 3:1 hisobida mag'lub etdi. Birozdan keyingi 5-turda esa musobaqa yetakchisi — FIDE-1 jamoasiga qarshi bahsda 0,5:3,5 hisobida mag'lub bo'ldi. Muhammadzohid Suyarov grossmeyster Ivan Zemlyanskiy bilan durang o'ynadi, qolgan shaxmatchilarimiz esa tajribali raqiblariga imkoniyatni boy berdi.

Shu paytgacha barcha uchrashuvlarda g'alaba qozongan Hindiston va FIDE-1 jamoalari 10 ochkodan jamg'arib, turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. O'zbekiston terma jamoasi esa 5 turdan so'ng 8 ochko bilan qo'shimcha ko'rsatkichlarga ko'ra 5-o'rinda bormoqda.

Bugun, 20 avgust kuni 6-turda yurtdoshlarimiz FIDE-2 jamoasiga qarshi o'ynashadi. Shu bilan birga, birinchi doskada Hindiston va FIDE-1 o'zaro uchrashib, yetakchi aniqlanadi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting