O'smir taekvondochilarimiz Osiyo chempionatida oltin bilan boshladi
O‘zbekiston terma jamoasi musobaqaning ilk kunida to‘rtta medal qo‘lga kiritdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Telegram
Malayziyaning Kuching shahrida taekvondo WT bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati start oldi. Musobaqaning ilk kunidayoq yurtdoshlarimiz yaxshi natijalar qayd etishdi.
O‘smir taekvondochilarimiz ikki nafar chempion va ikki nafar bronza medal sohibi bo‘lishdi.
Oltin medal sohiblari:
• Nikita Bibikov (65 kg)
• Rayhona Asanbaeva (41 kg)
Bronza medal sohiblari:
• Amir Saliev (41 kg)
• Shahzoda Kamolova (+59 kg)
Musobaqa kunlari davomida terma jamoamiz yana bir qator yo‘nalishlarda ishtirokini davom ettiradi.
Bakradze Iman
Redaktor