locale OZ

Osiyo yoshlar zamonaviy beshkurash chempionatida qiziqarli musobaqalar davom etmoqda!

Ertaga o'g'il bolalar finali, ertasi kuni esa qizlar finali bo'lib o'tadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Osiyo yoshlar zamonaviy beshkurash chempionatida qiziqarli musobaqalar davom etmoqda!
photo: zamonaviy beshkurash

Osiyo yoshlar zamonaviy beshkurash chempionatida qiziqarli musobaqalar davom etmoqda!

Bugun individual bahslarda saralash bosqichlari yakunlandi. Yosh sportchilarimiz saralash bosqichini ishonchli tarzda yengib, chinakam atletika va g'alabaga bo'lgan irodasini namoyish etdilar.

Qizlarimiz Samira Abzalova va Mehriniso Qahramonova ajoyib natijalar ko'rsatib, kuchli raqiblarini ortda qoldirib, finalga ishonch bilan yo'l olishdi.

Shuningdek, Muhammadamin Sultonbekov, Ziyodullo Qodirjonov va Muhammadtolib Qobiljonov saralash bosqichiga yo'llanma olishdi va finalga chiqishdi.

Afsuski, Mubina Qodirjonova jarohati tufayli musobaqani davom ettira olmadi.
Federatsiya unga tezroq sog'ayib ketishini va sport maydoniga qaytishini tilaydi.

Ertaga o'g'il bolalar finali, ertasi kuni esa qizlar finali bo'lib o'tadi.

Sportchilarimizga kuch, o'ziga ishonch va yorqin natijalar tilaymiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting