locale OZ

Osiyo velosport konfederatsiyasi prezidenti Dato' Amarjit Singh Toshkentga yetib keldi

26-27 yanvar kunlari Toshkentda Osiyo Olimpiya Kengashining 46-Bosh Assambleyasi hamda Jahon antidoping agentligining xalqaro forumlari o'tkaziladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Osiyo velosport konfederatsiyasi prezidenti Dato' Amarjit Singh Toshkentga yetib keldi
photo: velosport Uzbekistan

Osiyo velosport konfederatsiyasi prezidenti Dato' Amarjit Singh Toshkentga yetib keldi.

Martabali mehmonni xalqaro aeroportda Osiyo velosport konfederatsiyasi bosh kotibi, O'zbekiston velosport federatsiyasi raisining birinchi o'rinbosari Kozim O'rinboyxo'jayev hamda bosh kotib Xurshid Atakulovlar kutib olishdi.

Shundan so'ng, Dato' Amarjit Singh Toshkentdagi olimpiya shaharchasida barbo etilgan muhtasham velodromni borib ko'rdi va iliq fikrlari bilan bo'lishdi. Bunday kompleksning ishga tushishi tez orada o'zbek velosportining yangi darajaga chiqishiga turtki bo'lishini qayd etdi.

Ma'lumot uchun, 26-27 yanvar kunlari Toshkentda Osiyo Olimpiya Kengashining 46-Bosh Assambleyasi hamda Jahon antidoping agentligining xalqaro forumlari o'tkaziladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting