Osiyo sport rahbarligida yangi davr boshlanadimi?
2026 yilning 26 yanvar kuni Toshkent shahri Osiyo Olimpiya Kengashining navbatdagi Bosh Assambleyasiga mezbonlik qiladi. Qit'amizning eng nufuzli sport tashkiloti uchun muhim sanalgan ushbu yig‘ilishda asosiy masalalardan biri — yangi prezidentni saylash bo‘ladi.
Insidethegames nashri xabariga ko‘ra, mazkur lavozim uchun yagona nomzod sifatida Qatar Olimpiya qo‘mitasi rahbari va Milliy Olimpiya qo‘mitalari assotsiatsiyasi birinchi vitse-prezidenti Shayx Jav'on bin Hamad Ol Soniy ko‘rsatilgan.
Agar saylov natijalari kutilganidek bo‘lsa, u holda Shayx Jav'on Osiyo Olimpiya harakatini boshqaradigan navbatdagi yetakchiga aylanadi.
Ta'kidlash joizki, mazkur Bosh Assambleya nafaqat saylov, balki Osiyo sportining istiqbollari, yangi islohotlar va xalqaro hamkorlik borasidagi muhim qarorlar uchun ham muhim maydon bo‘lib xizmat qiladi.