locale OZ

Osiyo qit'asi og‘ir atletikada yetakchiligini yana bir bor isbotladi

Musobaqalar 10 kun davom etdi va unda besh qit’adagi 412 nafar sportchi ishtirok etdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Osiyo qit'asi og‘ir atletikada yetakchiligini yana bir bor isbotladi
photo: gettyimages

Norvegiyaning Førde shahrida bo‘lib o‘tgan jahon chempionati Osiyo sportchilarining kuch, texnika va mahoratda dunyoda yetakchi mavqeni egallab kelayotganini yana bir bor yaqqol ko‘rsatdi.

Musobaqalar 10 kun davom etdi va unda besh qit’adagi 412 nafar sportchi ishtirok etdi. Eng ko‘p ishtirokchilar Yevropa va Osiyo qit’alaridan bo‘lib, ular jami qatnashchilarning 70 foizidan ortig‘ini tashkil etdi.

Chempionat yakunida jami 144 ta medal — 48 ta oltin, 48 ta kumush va 48 ta bronza medal o’z egalariga topshirildi. Unda Osiyo sportchilari mutlaq ustunlik ko‘rsatib, 78 ta medal, jumladan 32 ta oltin medalni qo‘lga kiritishdi. Bu esa umumiy medallarning yarmidan ko‘pini tashkil etadi. Yevropa jamoalari 24 ta medal bilan chempionatni yakunladi, Panamerika mamlakatlari — 31 ta medal, Afrika — 9 ta, Okeaniya esa atigi 2 ta medal oldi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting