Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston 10-oltin medalni qo‘lga kiritdi
Bugun, 27-sentabr kuni Yaponiyaning Aichi-Nagoya shaharlarida o‘tkazilayotgan Osiyo o‘yinlarining 8-kuni doirasidagi bahslar davom etmoqda. Kun doirasidagi kurash bahslarida O‘zbekiston delegatsiyasi 2 ta oltin va 1 ta bronza medalni qo‘lga kiritdi.
Ayollar o‘rtasida -57 kg vazn toifasida ishtirok etgan Ibadatxon G‘ojonova final bahsida Xitoy Taypeyi vakili Van Van-Ting Lini mag‘lub etib, oltin medal sohibi bo‘ldi.
Erkaklar o‘rtasida +90 kg vazn toifasida bahs olib borgan Shohruxxon Baxtiyorov ham Osiyo o‘yinlari chempioniga aylandi. Baxtiyorov finalda tojikistonlik Shakarmamad Mirmamadov ustidan g‘alaba qozonib, delegatsiya hisobiga navbatdagi oltin medalni qo‘shdi.
Hozirga kelib O‘zbekiston delegatsiyasining Osiyo o‘yinlaridagi jami medallar soni 37 taga (10 ta oltin, 17 ta kumush va 10 ta bronza) yetdi. Ayni damda O‘zbekiston umumjamoa hisobida 4-o‘rinda bormoqda.