locale OZ

Osiyo o‘yinlari oldidan Kurash bo‘yicha xalqaro test musobaqasi o‘tkazildi

Yaponiyaning Nagoya shahrida kurash bo‘yicha XX-Yozgi Osiyo o‘yinlari-2026 oldidan xalqaro test musobaqasi muvaffaqiyatli tashkil etildi.
Boshqa sport turlari
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Osiyo o‘yinlari oldidan Kurash bo‘yicha xalqaro test musobaqasi o‘tkazildi
photo: Kurash Uzbekistan

Osiyo o‘yinlari oldidan Kurash bo‘yicha xalqaro test musobaqasi o‘tkazildi.

Yaponiyaning Nagoya shahrida kurash bo‘yicha XX-Yozgi Osiyo o‘yinlari-2026 oldidan xalqaro test musobaqasi muvaffaqiyatli tashkil etildi. Ushbu turnir Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritilgan kurash bellashuvlarini amalga oshirish bo‘yicha tashkiliy, texnik va operatsion jarayonlarni sinovdan o‘tkazishning muhim bosqichi sifatida baholanmoqda.

Musobaqada Yaponiya, Tailand, Koreya Respublikasi, Xitoy Taypeyi, Vetnam hamda Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyoning bir qator mamlakatlaridan kelgan milliy terma jamoalar ishtirok etdi. Bellashuvlar 20-Osiyo o‘yinlari dasturiga muvofiq vazn toifalarida o‘tkazildi: erkaklar o‘rtasida -66 kg, -81 kg va +90 kg, ayollar o‘rtasida esa -57 kg, -78 kg va +87 kg vazn toifalarida g‘oliblar aniqlandi.

Test musobaqasi 20-Osiyo o‘yinlari Tashkiliy qo‘mitasi bilan hamkorlikda o‘tkazilib, asosiy e’tibor musobaqa logistikasi, elektron boshqaruv tizimlari, hakamlik jarayonlari hamda umumiy operatsion mexanizmlarni real sharoitda sinovdan o‘tkazishga qaratildi.

Ikki kun davom etgan bellashuvlar davomida xalqaro texnik rasmiylar (ITO) faoliyati ham amaliyotda tekshirildi. Bu esa kelgusi Osiyo o‘yinlari doirasida sport musobaqalarini yuqori standartlarda tashkil etishga xizmat qiladi.

Musobaqa jarayonlari Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi (IKA) rahbariyati tomonidan ham kuzatib borildi. IKA Birinchi vitse-prezidenti Ziyoviddin Xojiniyazov, IKA Texnik direktori Ravi Kapur hamda Assotsiatsiya Administratsiyasi rahbari Mansur Mirzayev, IKA sport komissiyasi Raisi Bae Hiongsik turnirning tashkiliy va texnik jarayonlarida ishtirok etdi.

Sport — bir bosishda!
Jamiyatlarimizga obuna bo‘ling va sport voqealaridan xabardor bo‘ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting