locale OZ

Osiyo o‘yinlari: Kurash musobaqalariga texnik tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi

20-Osiyo o‘yinlari doirasida Kurash musobaqalari boshlanishi arafasida Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi rahbariyati hamda Xalqaro texnik rasmiylar (ITO) ishtirokida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Osiyo o‘yinlari: Kurash musobaqalariga texnik tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi
photo: Kurash Uzbekistan

Osiyo o‘yinlari: Kurash musobaqalariga texnik tayyorgarlik masalalari ko‘rib chiqildi

20-Osiyo o‘yinlari doirasida Kurash musobaqalari boshlanishi arafasida Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi rahbariyati hamda Xalqaro texnik rasmiylar (ITO) ishtirokida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

ITOlar uchun ajratilgan mehmonxonada tashkil etilgan yig‘ilishda IKA Prezidenti vazifasini bajaruvchisi Ziyoviddin Xodjiniyazov, IKA Bosh kotibi Muhammad Reza Nassiri, IKA Prezidenti maslahatchisi Umid Yakubov, IKA Texnik direktori Ravi Kapur hamda musobaqaga jalb etilgan bir nesa xalqaro texnik rasmiylar ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida musobaqaning umumiy tayyorgarlik holati, ishtirokchi sportchilar va davlatlar soni, qur’a tashlash jarayoni, texnik va tashkiliy masalalar atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, musobaqalarda foydalaniladigan yaktaklar, sportchilar va rasmiylar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, 27 sentyabr kunidan start oladigan dastur hamda bellashuvlarning keyingi bosqichlariga oid masalalar ko‘rib chiqildi.

Mutasaddilar tomonidan barcha zarur tayyorgarlik ishlari belgilangan reja asosida yakunlanayotgani va musobaqalarni yuqori saviyada o‘tkazish uchun barcha shart-sharoitlar tayyor ekani qayd etildi.

Uchrashuv yakunida IKA Prezidenti vazifasini bajaruvchisi Ziyoviddin Xodjiniyazov musobaqalarni yuksak tashkiliy darajada o‘tkazish, hakamlik va texnik jarayonlarni xalqaro talablar asosida ta’minlash yuzasidan tegishli topshiriqlar berdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting