locale OZ

Osiyo ot sporti federatsiyasining navbatdagi Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilish yakunida 2027-yilgi Osiyo ot sporti federatsiyasi Bosh Assambleyasi Janubiy Koreyaning Seul shahrida, 2028-yilgi Bosh Assambleya esa Nepalda o‘tkazilishi tasdiqlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Osiyo ot sporti federatsiyasining navbatdagi Bosh Assambleyasi bo‘lib o‘tdi
photo: Ot sporti Uzbekistan

Ushbu konferensiyada O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federatsiyasi raisi Gaziyev Bahromjon Valiyevich, federatsiya bosh kotibi Aloxo‘ja Shodixo‘jayev hamda xalqaro bo‘lim boshlig’i Akbar Kurbanov ishtirok etdi.

Assambleya davomida Osiyoda ot sportini rivojlantirish, xalqaro hamkorlikni kengaytirish, musobaqalar tizimini takomillashtirish hamda federatsiyalar o‘rtasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

Osiyoda ot sportining to’siqlardan sakrash (konkur) va ot yo’rttirish (viyezdka) yo’nalishlarini rivojlantirish dasturlari, FEI Osiyo va Janubi-Sharqiy Osiyo o‘yinlari, 2026-yilgi xalqaro musobaqalar taqvimi hamda AEF’ning media va raqamli platformalarini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish yakunida 2027-yilgi Osiyo ot sporti federatsiyasi Bosh Assambleyasi Janubiy Koreyaning Seul shahrida, 2028-yilgi Bosh Assambleya esa Nepalda o‘tkazilishi tasdiqlandi.

Shuningdek, AEF vitse-prezidenti va Executive Board Members saylovlari 2027-yilda Seul shahrida bo‘lib o‘tadigan Bosh Assambleya doirasida o‘tkazilishi ma’lum qilindi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting