locale OZ

Osiyo og‘ir atletika federatsiyasining navbatdagi Kongressi bo‘lib o‘tdi

Gandinagar shahrida Osiyo og‘ir atletika federatsiyasining navbatdagi Kongress yig‘ilishi yuqori saviyada tashkil etildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Osiyo og‘ir atletika federatsiyasining navbatdagi Kongressi bo‘lib o‘tdi
photo: Og'ir atletika

Gandinagar shahrida Osiyo og‘ir atletika federatsiyasining navbatdagi Kongress yig‘ilishi yuqori saviyada tashkil etildi. Mazkur tadbir kattalar o’rtasidagi Osiyo chempionati doirasida o‘tkazilib, unda Osiyoning turli mamlakatlaridan a’zo federatsiyalar vakillari bevosita va onlayn formatda ishtirok etdi.

Kongressga Federatsiya prezidenti Muhammad Yusuf Al Mana, bosh kotib Muhammad Al Harbi hamda Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasi prezidenti Mohammed Hassan Jalod raislik qildi.

Tadbir davomida texnik qo‘mita, tibbiy qo‘mita, murabbiylik va ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari bo‘yicha hisobotlar, shuningdek federatsiyaning moliyaviy faoliyatiga oid ma’ruzalar tinglandi. Shu bilan birga, joriy yil Aichi-Nagoyada bo‘lib o‘tadigan Osiyo o‘yinlari, 2027-yilgi Osiyo chempionati hamda Ar-Riyod mezbonlik qiladigan Osiyo yopiq inshootlar o‘yinlariga tayyorgarlik masalalari muhokama qilindi.

Kongress kun tartibidan Janubiy Osiyo og‘ir atletika federatsiyasi rahbariyatini saylash masalasi ham o‘rin oldi. Unga ko‘ra, Sahdev Yadav federatsiya prezidenti etib saylandi. Nepal, Maldiv, Shri-Lanka va Bangladesh vakillari esa rahbariyat tarkibidan joy oldi. Shuningdek, Maldiv federatsiyasi tarixdagi ilk Janubiy Osiyo og‘ir atletika chempionatini tashkil etish tashabbusini ilgari surdi.

Yig‘ilish davomida 2026-yil dekabr oyida bo‘lib o‘tadigan saylov Kongressiga mezbonlik qilish masalasi ham ko‘rib chiqildi. Qatar va Singapur tomonidan taqdimotlar o‘tkazildi va ijroiya kengashi qaroriga ko‘ra, mezbonlik huquqi Qatar davlatiga topshirildi. Singapur esa zaxira mezbon sifatida tasdiqlandi.

Shuningdek, Federatsiya Konstitutsiyasiga kiritilayotgan o‘zgartirishlar a’zo davlatlar tomonidan bir ovozdan ma’qullandi. Mazkur o‘zgartirishlar yakuniy ko‘rib chiqish uchun Xalqaro og‘ir atletika federatsiyasining huquqiy bo‘limiga yuborilishi va keyinchalik Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadigan navbatdagi Kongressda rasman tasdiqlanishi belgilandi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting