locale OZ

Osiyo kanoe konfederatsiyasi Prezidenti Shri Prashant Kushvaha O‘zbekistonga tashrif buyurdi!

Mazkur uchrashuv davomida - kelgusida qo‘shma dasturlarni amalga oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Osiyo kanoe konfederatsiyasi Prezidenti Shri Prashant Kushvaha O‘zbekistonga tashrif buyurdi!
photo: Akademik eshkak eshish

Osiyo kanoe konfederatsiyasi Prezidenti Shri Prashant Kushwaha tashrifi davomida O‘zbekiston “Rowing & Canoe” federatsiyasi raisining birinchi o‘rinbosari Bobur Yusupov, baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha MTJ xalqaro murabbiylari Andro Dushev va Natasha Dushev-Yanich shuningdek, soha mutaxassislari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonda baydarka va kanoeda eshkak eshish sportini yanada rivojlantirish, murabbiylar va sportchilar salohiyatini oshirish, xalqaro tajriba almashinuvi, yuqori samaradorlikka yo‘naltirilgan tayyorgarlik tizimlarini joriy etish hamda Osiyo va xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.

Mazkur uchrashuv davomida - kelgusida qo‘shma dasturlarni amalga oshirish, malakali mutaxassislarni tayyorlash va O‘zbekiston sportchilari baydarka va kanoeda eshkak eshishning xalqaro maydondagi raqobatbardoshligini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting