locale OZ

Osiyo chempionlarini tantanali kutib olishdi

O‘zbekiston og‘ir atletikachilari 58 ta medal bilan musobaqada yetakchilik qildi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati yurtdoshlarimiz uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Musobaqada qit’aning 20 dan ortiq davlati vakillari ishtirok etdi. O‘zbekiston terma jamoasi sportchilari dast ko‘tarish, siltab ko‘tarish va ikki kurash yo‘nalishlari bo‘yicha jami 58 ta medal — 8 ta oltin, 20 ta kumush va 30 ta bronza — qo‘lga kiritishdi.

Shu munosabat bilan terma jamoa a’zolari Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi.

Eslatib o‘tamiz, yoshlar jamoasi 5 ta oltin, 13 ta kumush va 10 ta bronza, jami 28 ta medal; o‘smirlar esa 3 ta oltin, 7 ta kumush va 20 ta bronza, jami 30 ta medal bilan Osiyoning kuchli jamoasi sifatida e’tirof etildi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting