Osiyo chempionatining ilk kuni 12 ta medal qo‘lga kiritdik, teng yarmi oltin!
Iordaniya poytaxti Amman shahri mezbonlik qilayotgan o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionati birinchi kuni kadetlarimiz uchun muvaffaqiyatli keldi.
Aurelian-Chiprian Flis murabbiyligidagi dzyudochilarimiz 6 ta oltin, 2 ta kumush, 4 ta bronza medalini qo‘lga kiritishdi. Akbar Sharifov, Davlatbek Ahrorov, Akramjon Karimov, Iroda Sirojiddinova, Dilafruz Boltaboyeva va Charos Hikmatova sharafiga O‘zbekiston madhiyasi yangradi.
E’tiborlisi shundaki, kechagi kun dasturida tatamiga chiqqan 12 dzyudochimizning bari g‘olib va sovrindorlar safidan joy oldi.
Oltin medallar
-40 kg: Iroda Sirojiddinova
-44 kg: Dilafruz Boltaboyeva
-48 kg: Charos Hikmatova
-50 kg: Akbar Sharipov
-60 kg: Davlatbek Ahrorov
-66 kg: Akramjon Karimov
Kumush medallar
-44 kg: Alina Kolyucheva
-55 kg: Bobur Yusupov
Bronza medallar
-48 kg: Mohinur Ollaberganova
-52 kg: Kumushbibi Ergasheva
-50 kg: Ma’murjon Abduvahobov
-60 kg: Abubakr Sattorov