Osiyo chempionatida yengil atletikachimiz Rasulbek Dilmurodov bronza medalini qo‘lga kiritdi
Diana Yafasova esa 1:52:33 natija bilan beshinchi natijani ko‘rsatdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Yaponiyaning Nomi shahrida yengil atletikaning sportcha yurish yo‘nalishi bo‘yicha kattalar o‘rtasida Osiyo chempionati bo‘lib o‘tdi.
Ushbu qit'a birinchiligining erkaklar o‘rtasidagi bahslarida ishtirok etgan hamyurtimiz Rasulbek Dilmurodov marra chizig‘ini uchinchi bo‘lib kesib o‘tdi hamda bronza medaliga sazovor bo‘ldi.
Sportcha yurish bo‘yicha mamlakatimizning eng yetakchi atleti hisoblanadigan Rasulbek Dilmurodov yakunda 1:25:31 natijani qayd etdi. Ta'kidlash joiz, Dilmurodov ushbu natija bilan Osiyo chempionatining ikki karra sovrindoriga aylandi.
Ayollar o‘rtasida musobaqada qatnashgan Diana Yafasova esa 1:52:33 natija bilan beshinchi natijani ko‘rsatdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist