locale OZ

Osiyo chempionatida o'zbekistonlik shaxmatchi Afruza Hamdamova jahon chempionati yo'llanmasiga ega bo'ldi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Osiyo chempionatida o'zbekistonlik shaxmatchi Afruza Hamdamova jahon chempionati yo'llanmasiga ega bo'ldi
Osiyo chempionatida o'zbekistonlik shaxmatchi Afruza Hamdamova jahon chempionati yo'llanmasiga ega bo'ldi

Qozog'istonning Olmaota shahrida o'tayotgan Osiyo chempionatining to'rtinchi mintaqaviy bosqichi yakunlash arafasida.

Xursand qilarli jihati shundaki, 9-turdagi hal qiluvchi bahsda o'zbekistonlik shaxmatchi Afruza Hamdamova durang natija qayd etishga erishdi va shu natija orqali Osiyo chempionligini qo'lga kiritdi. U Qozog'iston vakili Elnoza Qalixmetova bilan bir xil — 7,5 ochko to'plab, musobaqa g'olibasiga aylandi.

Shu tariqa, yoshlar o'rtasida ikki karra jahon chempioni bo'lgan Hamdamova joriy yilning 5–29 iyul kunlari Gruziyaning Batumi shahrida bo'lib o'tadigan FIDE jahon chempionatida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritdi. U 9 turda 6 g'alaba va 3 durang qayd etdi hamda o'z reytingini 17,6 ochkoga yaxshiladi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting