Osiyo chempionatida 5 ta medal: O‘zbekiston ikkinchi kunni ham muvaffaqiyatli yakunladi
Yunon-rum va ayollar o‘rtasidagi bahslarda terma jamoamiz 1 ta kumush va 4 ta bronza medaliga ega chiqdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz
Vetnam mezbonlik qilayotgan U17 va U23 yosh toifalari o‘rtasidagi sport kurashlari bo‘yicha Osiyo chempionatida ikkinchi kun bellashuvlari yakunlandi.
Kun davomida yunon-rum va ayollar kurashi bo‘yicha bir qator vazn toifalarida bahslar tashkil etildi. Qizg‘in va murosasiz kechgan bellashuvlarda O‘zbekiston terma jamoasi jami 5 ta medal — 1 ta kumush va 4 ta bronzaga sazovor bo‘ldi:
Kumush medal:
–63 kg: Husniddin Olimboev
Bronza medallari:
–55 kg: Jonpo‘lat To‘lqinboev
–87 kg: Rahimjon Uzoqov
–50 kg: Mushtariy Tolipbekova
–59 kg: Laylo Sobirova
E’tiborga molik jihati shundaki, musobaqada hozirgacha 2 ta oltin, 2 ta kumush va 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan U23 toifasidagi “klassik” kurashchilarimiz umumjamoa hisobida 3-o‘rinni egallashdi.
Bakradze Iman
Redaktor