locale OZ

Osiyo chempionatida 12 ta medal qo‘lga kiritgan og‘ir atletikachilarimiz tantanali kutib olindi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

Xitoyning Jiangshan shahrida bo‘lib o‘tgan og‘ir atletika bo‘yicha Osiyo chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok etgan sportchilarimiz 16 may kuni erta tongda Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi. Vatandoshlar, sport mutaxassislari va ommaviy axborot vositalari ishtirokida o‘tgan kutib olish marosimi ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Qit’aning eng kuchli sportchilari ishtirok etgan chempionatda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari jami 12 ta medal — 3 ta oltin, 3 ta kumush va 6 ta bronza medallariga sazovor bo‘ldilar.

Bu yutuq orqali terma jamoamiz umumjamoa hisobida to‘rtinchi o‘rinni egalladi va yana bir bor o‘zbek og‘ir atletikasining mintaqadagi nufuzini namoyon etdi.

Musobaqadagi muvaffaqiyatlar og‘ir atletika rivoji uchun muhim qadam bo‘lib, navbatdagi xalqaro musobaqalar oldidan sportchilarimizga katta ruhiy va tajriba foydasi keltirishi shubhasiz.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting