locale OZ

Osiyo chempionati yakunlandi: O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi!

Qozog‘istonning Turkiston shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha U18 va U23 yosh toifalari o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘z nihoyasiga yetdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Osiyo chempionati yakunlandi: O‘zbekiston terma jamoasi umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egalladi!
photo: suv sporti

Qozog‘istonning Turkiston shahrida baydarka va kanoeda eshkak eshish bo‘yicha U18 va U23 yosh toifalari o‘rtasidagi Osiyo chempionati o‘z nihoyasiga yetdi.

Musobaqa davomida O‘zbekiston terma jamoasi sportchilari yuksak mahorat va kuchli tayyorgarlikni namoyish etgan holda umumiy hisobda 45 ta medalni qo‘lga kiritishdi.

U23 yosh toifasida:
8 ta oltin
8 ta kumush
6 ta bronza
Jami: 22 ta medal


U18 yosh toifasi:
14 ta oltin
6 ta kumush
2 ta bronza
Jami: 22 ta medal


Umumiy natija:
22 ta oltin
14 ta kumush
8 ta bronza
Jami: 44 ta medal


Eng quvonarlisi, O‘zbekiston terma jamoasi U18 va U23 yosh toifalaridagi medallar jamlanmasiga ko‘ra umumjamoa hisobida birinchi o‘rinni egallab, Osiyoning eng kuchli jamoasi ekanligini yana bir bor isbotladi.

Bu muvaffaqiyat sportchilarimizning tinimsiz mehnati, murabbiylarimizning fidokorona faoliyati hamda mamlakatimizda eshkak eshish sport turlariga qaratilayotgan e’tiborning yorqin natijasidir.

Terma jamoamizning barcha sportchilari, murabbiylari, mutaxassislari va sportchilarimizni qo‘llab-quvvatlab kelayotgan ota-onalarini ushbu tarixiy natija bilan samimiy tabriklaymiz!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting