Osiyo chempionati va para Osiyo o'yinlariga saralash turnirini medallar shodasi bilan yakunlagan para taekvondochilarimiz kutib olindi
Osiyo chempionati va para Osiyo o'yinlariga saralash turnirini medallar shodasi bilan yakunlagan para taekvondochilarimiz kutib olindi
21-26-may kunlari davomida Mo'g'ulistonning Ulan-Bator shahrida para taekvondo bo'yicha Osiyo chempionati va Aichi-Nagoya-2026 para Osiyo o'yinlariga saralash turniri bo'lib o'tdi. Unda ishtirok etgan O'zbekiston terma jamoasi a'zolari ikki musobaqa yakunlariga ko'ra, 7 ta oltin, 9 ta kumush va 9 ta bronza, jami 25 ta medallar bilan yurtimizga qaytib kelishdi.
Bugun matonatli sportchilarimiz Vatanga qaytishdi. Ularni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston Milliy Paralimpiya qo‘mitasi mutasaddilari, OAV vakillari va keng jamoatchilik kutib oldi. Endi para taekvondochilarimizning keyingi starti Italiyaning Rim shahrida tashkil etiladigan xalqaro Gran-pri musobaqasiga to'g'ri keladi.