Osiyo chempionati Toshkentda yakunlandi
U-15 va U-19 yosh toifalari o'rtasidagi musobaqada 22 mamlakat sportchilari ishtirok etdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz
26 iyundan buyon Toshkent shahrida davom etgan stol tennisi bo‘yicha Osiyo chempionati o‘z nihoyasiga yetdi. Musobaqa U-15 va U-19 yosh toifalarida o‘tkazildi.
Qit’amizning 22 davlati vakillari – 400 nafardan ziyod sportchi musobaqada ishtirok etib, eng kuchlilar nomiga da’vogarlik qilishdi.
Kecha bo‘lib o‘tgan final bellashuvlari yakuniga ko‘ra g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, ularni taqdirlash marosimi o‘tkazildi. Tantanal tadbirda O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbarlari ham ishtirok etdi.
Qayd etish joiz, O‘zbekiston tarixda ilk bor stol tennisi bo‘yicha Osiyo chempionatiga mezbonlik qildi.
Bakradze Iman
Redaktor