Osiyo chempionati: Para kanoechilarimizning muvaffaqiyatli ishtiroki davom etmoqda
Tailandning Pattayya shahrida para kanoe bo‘yicha Osiyo chempionatining ikkinchi kunidan o‘rin olgan kunzudgi dastur bellashuvlari o‘tkazildi.
Unda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari ham ishtirok etib, kunduzgi dasturni yuqori notada medallar shodasi bilan yakunladi. To‘rabek Nazarqulov (VL3 200) hamda Shahzoda Mamadaliyeva (VL3 200) delegatsiyamiz hisobiga navbatdagi oltin medallarni qo‘shib qo‘ygan bo‘lsa, Oybek Yo‘ldoshev (KL2 200), Hayitmurod Sherqo‘ziyev (VL3 200) va Iroda Rustamova (VL2 200) kumush medallarga ega chiqishdi.
Qit’a birinchiligining bugungi kuni doirasida uch nafar para kanoechilarimiz o'zlarining navbatdagi medallari yo'lida kurashni davom ettirishadi, bular: Hasan Qo‘ldoshev (KL3 500), Hasan Sulaymonov (KL3 500) va Shahzoda Mamadaliyeva (VL3 500).