locale OZ

Osiyo belbog‘li kurash konfederatsiyasi va Sirdaryo viloyati sport boshqarmasi o'rtasidagi hamkorlik aloqalari yangi bosqichga olib chiqilmoqda

Uchrashuv davomida Sirdaryo viloyatida belbog‘li kurash sport turini yanada rivojlantirish masalalari atroflicha muhokama qilindi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Osiyo belbog‘li kurash konfederatsiyasi va Sirdaryo viloyati sport boshqarmasi o'rtasidagi hamkorlik aloqalari yangi bosqichga olib chiqilmoqda
photo: Kurash Uzbekistan

Osiyo belbog‘li kurash konfederatsiyasi va Sirdaryo viloyati sport boshqarmasi o'rtasidagi hamkorlik aloqalari yangi bosqichga olib chiqilmoqda

Guliston shahrida bo'lib o'tgan uchrashuvda Osiyo belbog‘li kurash Konfederatsiyasi Prezidenti Muminxuja Muratov, O‘zbekiston belbog‘li kurash federatsiyasi prezidenti Ravshan Dastirov, Sirdaryo viloyati hokimi o‘rinbosari Otabek Mavlonberdiyev hamda tegishli sport sohasi mas’ullari ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida Sirdaryo viloyatida belbog‘li kurash sport turini yanada rivojlantirish, ushbu sport turining ommaviyligini oshirish hamda yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Xususan, viloyatdagi tuman va shaharlarda faoliyat yuritayotgan sport maktablarida belbog‘li kurash seksiyalarini ko‘paytirish, ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash hamda mashg‘ulotlar sifatini yaxshilash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting