locale OZ

\"Oriental\" — \"Talaba qizlar ligasi\" uchinchi o‘rin sohibi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
"Oriental" — "Talaba qizlar ligasi" uchinchi o‘rin sohibi
PHOTO: Telegram

Bugun, Oliy o‘quv yurtlari talaba qizlari o‘rtasida "Talaba qizlar ligasi" musobaqasi hal qiluvchi o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

Xabaringiz bor, yurtimizda talaba qizlar o‘rtasida futzal musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda.

Bugun, 5 iyun musobaqaning uchinchi o‘rin uchun uchrashuv bo‘lib o‘tdi, unda Oriental universitetining "Oriental" va O‘zbekiston milliy universitetining "Milliy" jamoasi ro‘baro‘ keldi.

O‘yinni "Milliy" jamoasi hujumlar bilan boshlagan bo‘lsada, hisobni raqib jamoa ochishga muvaffaq bo‘ldi. Jarima maydonchasi ichida barchadan chaqqonroq harakat qilgan Charos Xoshimova jamoasini oldinga olib chiqdi.

Birinchi bo‘lib gol o‘tkazib yuborganiga qaramay, "Milliy" jamoasi O‘g‘iloy Qarshiyeva hamda Zulfizar Ro‘zimetovaning aniq zarbalari bilan javob berdi. Oradan ikki daqiqa o‘tar-o‘tmas, Sabrina Rahimova muvozanatni tikladi.

Qolgan daqiqalarda jamoalar qanchalik urinmasin, boshqa gol ura olishmadi va g‘olib penaltilar seriyasida aniqlandi. Qizig‘i, seriyada ham jamoalar kim kuchliroq ekanligini aniqlashi qiyin kechdi. Har bir jamoadan sakkizinchi futzalchi zarbani amalga oshirganidan keyingina uchinchi o‘rin "Oriental"ga nasib qildi.

"Talaba qizlar ligasi"
Uchinchi o‘rin uchun bahs
"Oriental" — "Milliy" 2:2 (8:7)
Gollar: Charos Xoshimova; Sabrina Rahimova — O‘g‘iloy Qarshiyeva; Zulfizar Ro‘zimetova.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting