locale OZ

«Oq Yoʻlbarslar» Toshkentga qaytdi

“Oq Yoʻlbarslar” bu turni ham 100% lik natija bilan yakunladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Oq Yoʻlbarslar» Toshkentga qaytdi
Фото: БМБ

Andijon shahri mezbonligida oʻtayotgan futzal boʻyicha Oʻzbekiston milliy chempionati, Oliy liga musobaqasi 8-turi bugun oʻz nihoyasiga yetadi. Jamoamiz esa bu turdagi ikkinchi uchrashuvni kecha yakunlab, bugun poytaxtga qaytishdi. Endi esa bevosita tur doirasidagi bahslarga toʻxtalamiz.

8-tur doirasida dastlab, 10-fevral sanasida Toshkentning “Lokomotiv” jamoasiga qarshi uchrashuvda ishtirok etdik. Bu bahs BMB PFCning 5:0 hisobidagi gʻalabasi bilan yakunlandi. Oradan 2 kun oʻtgach esa “OKMK” jamoasiga qarshi muhim bahs boʻlib oʻtdi. Uchrashuvdagi yagona golga birinchi boʻlim yakunida Alex Dias mualliflik qildi va u gol muhim 3 ochkoni jamoamizga taqdim etdi.

Shu bilan “Oq Yoʻlbarslar” bu turni ham 100% lik natija bilan yakunlab turnir jadvalidagi yetakchilikni saqlagan holda eng yaqin ta’qibchilaridan 8 va 9 ochko ildamlab ketdi.

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting