locale OZ

Oq uyda boʻlib oʻtadigan UFC kechasining toʻliq kardi eʼlon qilindi

Ushbu unikal turnir 14 iyun sanasida boʻlib oʻtadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Oq uyda boʻlib oʻtadigan UFC kechasining toʻliq kardi eʼlon qilindi
FOTO: Getty Images

UFC rahbari Dana Uayt muxlislar uzoq kutgan tarixiy musobaqaning rasmiy tarkibini e’lon qildi. Janglar AQSh Prezidentining rasmiy qarorgohi — Oq uyda bo‘lib o‘tadi.

Ushbu unikal turnir 14 iyun sanasiga belgilangan bo‘lib, u AQSh mustaqilligining 250 yilligiga bag‘ishlanadi. Shuningdek, mazkur sana AQShning amaldagi prezidenti Donald Trampning tug‘ilgan kuniga to‘g‘ri kelishi bilan ham ahamiyatli.

Turnirning asosiy kardi:

  • Iliya Topuriya — Jastin Getji (Yengil vazn toifasida chempionlik jangi);
  • Aleks Pereyra — Siril Gan (Og‘ir vazn toifasida vaqtinchalik chempionlik kamari uchun jang);
  • Shon O'Melli — Ayman Zaxabi;
  • Maurisio Ruffi — Maykl Chendler;
  • Bo Nikal — Kayl Dakas;
  • Diego Lopes — Stiv Garsiya.

Ushbu musobaqa UFC tarixidagi eng kutilmagan va nufuzli manzil — Oq uyda tashkil etilayotganligi bilan sport olamida katta shov-shuvlarga sabab bo‘lmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting