locale OZ

OOK vitse-prezidentlari uchrashdi: Osiyo sportining istiqbollari muhokama qilindi

Otabek Umarov va Gordon Tang Osiyo sportchilarining jahon sahnasidagi yutuqlarini oshirish masalasini muhokama qilishdi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olympic.uz

Xalqaro hamkorlikni mustahkamlash maqsadida yana bir muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Milliy Olimpiya qo‘mitasi raisining birinchi o‘rinbosari, Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) vitse-prezidenti Otabek Umarov hamda MOQ bosh kotibi Oybek Qosimov Kambodja Olimpiya qo‘mitasi vitse-prezidenti, OOK vitse-prezidenti Gordon Tang bilan uchrashuv o‘tkazishdi.

Muloqot chog‘ida har ikki OOK vitse-prezidenti qit’amiz sporti jahon arenasi sahnasida o‘z nufuzini tobora oshirib borayotganini alohida ta’kidlashdi. Shuningdek, uchrashuvda Osiyo sportchilari xalqaro musobaqalarda yuqori natijalar qayd etishini ta’minlash, tajriba almashish va kelgusidagi qo‘shma tashabbuslar haqida fikr almashildi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting