locale OZ

OOK Ijroiya qoʻmitasining 109-yigʻilishi boʻlib oʻtdi

2030-yilgi Jang sanʼati va yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlariga mezbonlikka nomzod davlatlarning takliflari koʻrib chiqildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
OOK Ijroiya qoʻmitasining 109-yigʻilishi boʻlib oʻtdi
Фото: Olympic.uz

Xitoyning Sanya shahrida Osiyo Olimpiya kengashi (OOK) Ijroiya qoʻmitasining 109-yigʻilishi oʻtkazildi. Unda OOK vitse-prezidenti, Oʻzbekiston MOQ raisining birinchi oʻrinbosari Otabek Umarov hamda MOQ Bosh kotibi Oybek Kasimov ishtirok etdi.

Sanya-2026 Osiyo sohil oʻyinlari arafasida tashkil qilingan mazkur yigʻilishda boʻlajak musobaqaga tayyorgarlik ishlari, shuningdek, Aichi-Nagoya-2026 yozgi Osiyo oʻyinlariga koʻrilayotgan hozirlik yuzasidan taqdimotlar namoyish etildi. Shu bilan birga, OOKning turli boʻlimlari hisobotlari tinglanib, 2030-yilgi Jang sanʼati va yopiq inshootlardagi Osiyo oʻyinlariga mezbonlikka nomzod davlatlarning takliflari koʻrib chiqildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting