locale OZ

O'n sakkiz yoshli Laziza Haydarova Olimpiada chempioniga munosib qarshilik ko`rsatdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'n sakkiz yoshli Laziza Haydarova Olimpiada chempioniga munosib qarshilik ko`rsatdi
PHOTO: Telegram

Yaqindagina yoshlardan kattalarga o‘tgan Laziza Haydarova (-48 kg) o‘zi uchun biinchi katta sinovdayoq jiddiy raqibga ro‘baro‘ keldi.

Navoiylik 18 yoshli dzyudochimiz jahon chempionatining birinchi davrasida Parij-2024 Olimpiadasi bronza medali sovrindori, Olimpiya o‘yinlarining jamoaviy bahslarida chempioni, jahon chempionati kumush medali sohibi, to‘rt karra Yevropa chempioni fransiyalik Shirin Bukliga munosib qarshilik ko‘rsatdi.

Bunday nufuzdagi musobaqada ilk bor ishtirok etgan Laziza faqatgina qo‘shimcha daqiqalardagi shido sabab nomdor raqibasiga imkoniyatni boy berdi. Haydarova shu yil Grand Prix Upper Austria turnirida bronza medalini qo‘lga kiritgan edi. U shuningdek, kadetlar o‘rtasidagi jahon chempionatining bronza medali sovrindori ham hisoblanadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting