locale OZ

Ommaviy sportni rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda

Stol tennisi, voleybol, kurash va yengil atletika bo‘yicha qator mahallalarda musobaqalar o‘tkazilmagani tanqid ostiga olindi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Ommaviy sportni rivojlantirish masalalari muhokama qilinmoqda
Фото: ParalympicUz

Yig‘ilishda dastlab joriy yilning olti oyida hududlarga yuborilgan topshiriqlarning ijrosi tahlil qilindi.

Qayd etilishicha, ayrim hududlarda ijro intizomi sezilarli yaxshilangan bo‘lsa, ayrim sport boshqarmalari, Olimpiya va paralimpiya markazlari hamda sport maktablarida topshiriqlarni o‘z vaqtida bajarish, murojaatlar bilan ishlash va boshqaruv samaradorligi bo‘yicha jiddiy kamchiliklar saqlanib qolmoqda.

Hay’at yig‘ilishida ommaviy sportni rivojlantirish va aholini jismoniy faollikka keng jalb etish masalalari alohida ko‘rib chiqilmoqda.

Ta’kidlanganidek, yil yakuniga qadar ommaviy sport bilan shug‘ullanuvchilar sonini belgilangan ko‘rsatkichlarga yetkazish, “Besh tashabbus olimpiadasi” musobaqalarini yuqori saviyada tashkil etish hamda hududlarda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish ustuvor vazifa etib belgilandi.

Qamrov ko‘rsatkichlari past bo‘lgan tuman va shaharlardagi mas’ullar faoliyati tanqidiy tahlil qilinib, ularga aniq topshiriqlar berildi.

Yig‘ilish davomida ayrim hududlarda mahallalar kesimida sport musobaqalarini tashkil etish talab darajasida emasligi qayd etildi.

Xususan, stol tennisi, voleybol, kurash va yengil atletika bo‘yicha qator mahallalarda musobaqalar o‘tkazilmagani tanqid ostiga olindi.

Sport vaziri bu boradagi sustkashliklarni bartaraf etish, mahallalarda sport infratuzilmasidan samarali foydalanish hamda yoshlar qamrovini oshirish bo‘yicha mutasaddilarga topshiriqlar berdi.

Ta’kidlanganidek, bugungacha respublikada 10 million 700 ming aholi ommaviy sport bilan qamrab olindi.

Mahallalardan 16-30 yoshdagi 5 million 500 ming yoshlar “Besh tashabbus olimpiadasi”da ishtirok etish uchun ro‘yxatdan o‘tib,ularning 89 foizi yoki 4,9 million nafari ishtirok etgan.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting