locale OZ

Ommaviy sportga ilg‘or yondashuv: OTMlardagi sport klublari rahbarlari uchun seminar boshlandi

Olimpiya sari ilk qadam: sport klublari rahbarlari bilim va tajriba almashmoqda
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Gazeta.uz

O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universitetida davlat oliy ta’lim muassasalaridagi sport klublari rahbarlari uchun o‘quv seminar kursining dastlabki kuni bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumki, joriy yil 13 fevral kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti raisligida o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida har bir oliygohda olimpiya sport turlari bo‘yicha klublar tashkil etish ustuvor vazifalar sifatida belgilangan edi.

Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Sport vazirligi hamkorligida tashkil etilgan seminar ochilish marosimida bir qator rasmiylar — universitet rektori Rashid Matkarimov, Sport vazirligi mas’uli Mukim Arziqulov, OTFI vazirligi vakillari hamda Talabalar sport assotsiatsiyasi rahbariyati ishtirok etdi.

Seminarning ilk kunida tinglovchilar uchun sohaga oid dolzarb mavzularda ma’ruzalar o‘qildi.

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting