locale OZ

O'Melli: «Agar yutqazganimda, faoliyatimni yakunlardim»

Amerikalik UFC jangchisi Son Yadongga qarshi toʻqnashuv haqida fikr bildirdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
O'Melli: «Agar yutqazganimda, faoliyatimni yakunlardim»
FOTO: Getty Images

Yengil vazn toifasida (61 kg gacha) sobiq UFC chempioni, amerikalik Shon O’Melli Las-Vegasdagi UFC 324 turnirida xitoylik Song Yadongga qarshi kechgan jangidan so‘ng dildagi gaplarini oshkor qildi.

«Sugar» laqabli jangchining aytishicha, ushbu jang uning faoliyatidagi oxirgisi bo‘lishi mumkin edi.

O’Melli UFCga bergan intervyusida vazn tashlash azoblari va motivatsiya haqida ham to‘xtalib o‘tdi:

«Hech qachon oldindan bilib bo‘lmaydi... Agar mag‘lub bo‘lganimda: "Vazn o‘lchash marosimlari jonimga tegdi, hammasiga la’nat!" deb aytgan bo‘lardim. Buni aniq qilarmidim yoki yo‘q, bilmayman, lekin ehtimoli juda yuqori edi. Men vaqti kelganini his qilsam, sportni tark etaman. Yutqazganimda, bu mening so‘nggi jangimga aylanishi mumkin edi. Chunki mening hayotim sportdan tashqarida ham yetarlicha go‘zal.

Jang oldidan xayolimdan qo‘rqinchli bir o‘y o‘tdi: "Men buni qanchalik xohlayapman? Agar jang paytida o‘zimga shu savolni berishga to‘g‘ri kelsa, xuddi Petr Yanga qarshi bo‘lgani kabi borimni bera olamanmi?". Va men o‘z savolimga javob topdim», — deydi O’Melli.

Eslatib o‘tamiz, O’Melli ushbu jangda g‘alaba qozonib, o‘zining chempionlik poygasidagi pozitsiyasini saqlab qoldi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting