locale OZ

Olomouts ayollar Gran-prisi. Ilk kungi bellashuvlarda 15 ta medal jamg'arildi

Chexiyaning Olomouts shahrida para yengil atletika bo‘yicha ayollar xalqaro Gran-prisiga start berildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Olomouts ayollar Gran-prisi. Ilk kungi bellashuvlarda 15 ta medal jamg'arildi
Photo: Para Olimpiyada

Olomouts ayollar Gran-prisi. Ilk kungi bellashuvlarda 15 ta medal jamg'arildi

Kecha Chexiyaning Olomouts shahrida para yengil atletika bo‘yicha ayollar xalqaro Gran-prisiga start berildi. Xabar berganimizdek, musobaqada terma jamoamiz a'zolari ham ishtirok etishmoqda. Turnirning dastlabki kunida vakillarimiz 4 ta oltin, 7 ta kumush va 4 ta bronza, jami 15 ta medal qo'lga kiritishdi.

Oltin:

Madina Muxtorova (F40 klassi, disk uloqtirish)
Xusniya Olimjonova (T12 klassi, 100 m)
Nurxon Qurbonova (F54 klassi, nayza uloqtirish)
Shahina Yigitaliyeva (F46 klassi, nayza uloqtirish).

Kumush:
Zohira Kazakova (F37 klassi, yadro uloqtirish)
Yoqutxon Xolbekova (T12 klassi, 100 m)
Asila Mirzayorova (T11 klassi, 100 m)
Sabina Suxanova (T37 klassi, 200 m)
Mohigul Hamdamova (F57 klassi, yadro uloqtirish)
Shahina Yigitaliyeva (F46 klassi, disk uloqtirish)
Xusnora Qudratullayeva (F46 klassi, nayza uloqtirish).

Bronza:
Karomat Omonova (F46 klassi, nayza uloqtirish)
Shahrizoda Temirova (T11 klassi, 100 m)
Gulnora To‘ychiyeva (T11 klassi, 100 m)
Xusnora Qudratullayeva (F46 klassi, disk uloqtirish).

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting