locale OZ

Olmatidagi dzyudo kubogida O‘zbekiston zafarli start qildi!

Kadetlar o‘rtasidagi Osiyo kubogining birinchi kunida 16 ta medal va umumjamoaviy hisobda yetakchilik
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Olmatidagi dzyudo kubogida O‘zbekiston zafarli start qildi!
Rasm: Olympic.uz

Qozog‘istonning Olmati shahrida dzyudo bo‘yicha kadetlar o‘rtasidagi Almaty Cadets Asian Cups 2025 musobaqasiga start berildi. Bellashuvlar Baluan Sholaq arenasida o‘tkazilmoqda va unda to‘rt qit’adan 10 davlatdan kelgan 459 nafar sportchi (292 o‘g‘il va 167 qiz) ishtirok etmoqda.

Birinchi kun tatamilardagi bahslar o‘g‘il va qizlar o‘rtasida quyidagi vazn toifalarida o‘tkazildi:
— o‘g‘il bolalar: -50 kg, -55 kg, -60 kg va -66 kg
— qizlar: -40 kg, -44 kg, -48 kg va -52 kg

O‘zbekiston terma jamoasi musobaqani kuchli tarkibda boshlab, birinchi kundanoq o‘zini yetakchi sifatida namoyon qildi. O‘g‘il va qizlarimiz 4 ta oltin, 6 ta kumush va 6 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi. Jami — 16 ta medal va umumjamoaviy hisobda hozircha birinchi o‘rin!

Musobaqa jarayonini O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi raisi, Osiyo dzyudo ittifoqi vitse-prezidenti Azizjon Kamilov shaxsan kuzatib bormoqda. Uning tribunadagi qo‘llab-quvvatlashi terma jamoamizga yanada ruhiy kuch bag‘ishlamoqda.

Bellashuvlar davom etmoqda. Oldinda yana ko‘plab janglar va medallar bor. O‘zbekiston g‘alaba sari intilmoqda!

Birinchi kun g‘olib va sovrindorlari:

Oltin medal:
-50 kg: Xurshid Sultanov
-60 kg: Dilshod Karimov
-40 kg: Alina Kolyucheva
-48 kg: Gulmira Xolmurzaeva

Kumush medal:
-50 kg: Muhammadqodir Shodmonov
-55 kg: Behruzon Ochilov
-66 kg: Sanjarbek Ashurov
-40 kg: Mohinur Ollaberganova
-44 kg: Dinora Xasanova
-52 kg: Nigina Umirzokova

Bronza medal:
-55 kg: Ilyos Mitanboev
-60 kg: Amirxon Ozodov
-66 kg: Sultonbek Quldoshboev
-40 kg: Dilafruz Boltaboyeva
-48 kg: Nargiza Dustmamatova
-52 kg: Zuxra Alimova

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting