Oliy liganing 6-tur bahslari 5-dekabr kuni start oladi
Mazkur tur bahslari 5-dekabr sanasidan boshlanib, 10-dekabr kuni yakuniga yetadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Ўзбекистон футзали
Xabar berganimizdek, futzal bo‘yicha O‘zbekiston milliy chempionati — Oliy liga jamoalarining navbatdagi 6-tur uchrashuvlariga Jizzax viloyati futbol akademiyasi sport zali mezbonlik qiladi. Mazkur tur bahslari 5-dekabr sanasidan boshlanib, 10-dekabr kuni yakuniga yetadi.
Tur taqvimi yuqorida ilova qilingan suratlarda e’tiboringizga havola etilgan. Deyarli har kuni tomoshabinlar e’tiborini tortuvchi markaziy o‘yinlar mavjud bo‘lib, har bir o‘yin kunidan so‘ng musobaqa jadvalida sezilarli o‘zgarishlar yuzaga kelishi ehtimoli yuqori.
O‘FF hamda “Sport” ijodiy birlashmasi o‘rtasidagi kelishuvga ko‘ra, 6-turdagi barcha uchrashuvlar “Futbol-TV” telekanali orqali jonli efirda namoyish etiladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist