locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

Oliy ligaga o‘tish turniri Jizzaxda bo‘lib o‘tadi

Boshqa sport turlari 05 iyn 2025 da 11:55
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Oliy ligaga o‘tish turniri Jizzaxda bo‘lib o‘tadi
PHOTO: Telegram

O‘zbekiston futzal federatsiyasi joriy yilning iyun oyining ikkinchi va uchinchi dekadasida oliy liga yo‘llanmasi uchun o‘tish turnirini rejalashtirgani haqida muqaddam ma’lum qilgandik.

Mazkur musobaqada birinchi liganing oxirgi mavsumi ishtirokchilari, shuningdek, yangidan shakllantirilgan professional jamoalar hamda may oyida o‘tkazilgan Hududiy ligalar g‘oliblari kurashida zafar quchgan — "Pantera" (Qoraqalpog'iston) jamoasi qatnashadi.

Reglamentga muvofiq turnir ishtirokchi jamoalarning sonidan kelib chiqqan holda guruhlarda, bir davrali tizimda o‘tkaziladi. Guruhlarda birinchi va ikkinchi o‘rinni egallagan jamoalar pley-offda kurashni davom ettirishadi. Bunda "A" guruhi g‘olibi "B" guruhida ikkinchi o‘rinni egallagan jamoaga qarshi, "B" guruhi g‘olibi "A" guruhining ikkinchi jamoasiga qarshi yarim final uchrashuvida maydonga chiqadi. Yarim final g‘oliblari esa hal qiluvchi uchrashuvda oliy liganing yagona yo‘llanmasi uchun bahs olib borishadi.

O‘tish turniri Jizzax shahrida tashkillashtiriladi. O‘yinlar sanasi va ishtirok etuvchi jamoalar haqida keyinroq yanada batafsil ma’lumot beramiz.

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting