Olimpiya shaharchasidagi Sport vazirligi binosida 3-dekabr - Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti rektori Rashid Matkarimov, O‘zbekiston davlat sport akademiyasi rektori Ilhomjon Tursunaliyev, Jismoniy tarbiya va sport bo‘yicha mutaxassislarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish instituti direktori Asqar Amonov, O‘zbekiston adaptiv sport turlari assotsiatsiyasi raisi o‘rinbosari Farxod Rasulov hamda Paralimpiya o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari, sportchi va murabbiylar ishtirok etdi.
Tadbir davomida "Adaptiv sportda mutaxassilarni zamonaviy o‘quv dasturlar asosida malakasini oshirish va natijada yuqori malakali kadrlarni tayyorlash" maqsadida hamkorlik memorandumi imzolandi.
Eng so'nggi xabar va yangiliklarni sports24.uz sayti orqali kuzatib boring.