locale OZ

Olimpiya shaharchasida World Aquaticsning mintaqaviy markazi ochildi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Olimpiya shaharchasida World Aquaticsning mintaqaviy markazi ochildi
FOTO: Getty Images

Ayni kunlarda Toshkent shahri sport sohasidagi bir qator nufuzli tadbirlarga mezbonlik qilmoqda. Shular qatorida bugun World Aquatics (Butunjahon suzish federatsiyasi) Ijroiya qo'mitasi Byurosining navbatdagi yig'ilishi bo'lib o'tadi.

Mazkur tadbir doirasida Butunjahon suzish federatsiyasi (World Aquatics) Prezidenti, Osiyo Olimpiya kengashi Bosh direktori Husayn Al Musallam boshchiligidagi delegatsiya Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi.

Martabali mehmonga World Aquatics Ijroiya qoʻmita byurosi tarkibining a'zosi Shahnoza Mirziyoyeva, Sport vaziri Adkham Ikramov, mamlakat suzish federatsiyasi raisi Qudratilla Rafiqov, MOQ raisining birinchi o'rinbosari Otabek Umarov, hamda Sport vazirligi va boshqa rasmiylar hamrohlik qildi.

Mehmonlar majmuadagi suv sporti turlariga mo'ljallangan inshoot bilan tanishtirilib, unda mashg'ulot o'tayotgan sportchilar bilan ham yaqindan suhbat o'tkazildi.

Shuningdek, mazkur tadbirda faxriy mexmon sifatida AQSh Prezidentining global sherikliklar boʻyicha maxsus vakili Paolo Zampolli, Osiyo Paralimpiya qo’mitasi prezidenti Majid Rashid ham ishtirok etdi.

Suv sport inshooti haqida ma'lumot berilar ekan, mazkur havzada bir vaqtning o'zida sportning suvga sakrash, suzish turlari bo'yicha mashg'ulotlarni belgilangan talablar asosida uzluksiz tashkil etish imkoniyati haqida alohida to'xtalib o'tildi.

Tadbir davomida, suv sporti inshootida World Aquaticsning mintaqaviy markazi ochilish marosimi ham o’tkazildi.

Olimpiya shaharchasi sport majmuasi mehmonlarda yuqori taasurot qoldirib, kelgusida nufuzli musobaqalarni shu yerda tashkil etish takliflari ham ko'rib chiqildi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting