Olimpiya shaharchasida Prezident olimpiadasi musobaqalari qizg‘in davom etmoqda
Bu esa mamlakatimizda aholi o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqish tobora ortayotganidan dalolat beradi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Bugun Sport vaziri Adkham Ikramov Prezident olimpiadasi doirasida davom etayotgan taekvondo vt, boks sport musobaqalalari hamda suzish sport turi bo‘yicha kattalar va yoshlar (U–15, U–17) o‘rtasida o‘tkazilayotgan O‘zbekiston kubogi bahslarida sportchilarning ishtiroki bilan tanishib, ularga muvaffaqiyat tiladi.
Quvonarlisi haftaning yakshanba kuni bo'lishiga qaramasdan sport majmuasi muxlislar bilan gavjum. Bu esa mamlakatimizda aholi o‘rtasida sportga bo‘lgan qiziqish tobora ortayotganidan dalolat beradi.
Shuningdek, Sport vaziri musobaqalar ishtirokchilarining ovqatlanishlari uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirib, sportchilarga yanada qulay shart-sharoitlar yaratish yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berdi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist