locale OZ

Olimpiya shaharchasida MMA bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda

Sport vaziri o‘rinbosari Shaxrillo Maxmudov ishtirok etib, g‘olib va sovrindorlarni munosib taqdirladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Olimpiya shaharchasida MMA bo‘yicha Osiyo chempionati bo‘lib o‘tmoqda
Фото: Спорт вазирлиги

Toshkent shahrida joylashgan Olimpiya shaharchasida tashkil etilgan nufuzli musobaqada qit’aning eng kuchli sportchilari g‘oliblik uchun oktagonda murosasiz jang olib bormoqda.

18–20-may kunlari yoshlar o‘rtasida MMA bo‘yicha II Osiyo chempionati bahslari o‘tkazilmoqda. Unda Osiyoning turli davlatlaridan kelgan iqtidorli yosh sportchilar o‘z mahorati, kuch-g‘ayrati va jangovar tayyorgarligini namoyon etmoqda.

Shuningdek, 22–24-may kunlari esa kattalar o‘rtasida MMA bo‘yicha IV Osiyo chempionati bahslari bo‘lib o‘tadi.

Yoshlar o‘rtasidagi bellashuvlarning final bahslari ham yuqori ruhda tashkil etildi. Unda Sport vaziri o‘rinbosari Shaxrillo Maxmudov ishtirok etib, g‘olib va sovrindorlarni munosib taqdirladi.

Chempionatning tantanali ochilish marosimi 22-may kuni soat 17:00 da "Olimpiya shaharchasi"dagi Yakkakurash sport majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting