locale OZ

Olimpiya shaharchasida “Audit va sport birligi” shiori ostida sport musobaqalari o‘tkazildi

Tadbir davomida musobaqalarning faol ishtirokchilari munosib taqdirdlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Olimpiya shaharchasida “Audit va sport birligi” shiori ostida sport musobaqalari o‘tkazildi
photo: MOQ

Bugun poytaxtimizdagi Olimpiya shaharchasida O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, Sport vazirligi hamda hamkor tashkilotlar tomonidan “Audit va sport birligi” shiori ostida “Shaxmat”, “Arqon tortish”, “Armlestling”, “Stol tennisi”, “Darts” sport turlari bo‘yicha sport musobaqalari o‘tkazildi.

Musobaqaning ochiish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining birinchi o‘rinbosari Mehriddin Abdullayev, Sport vaziri Adkham Ikramov ishtirok etdi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, bugun audit sohasi xodimlari nafaqat moliyaviy intizom va shaffoflikni ta’minlash, balki jismonan faol, ma’nan barqaror va jamoaviy hamjihatlikka ega mutaxassis sifatida ham namoyon bo‘lmoqda.

Musobaqalarda poytaxtimizda o‘tkazilgan “Audit jarayonlarini raqamlashtirish va katta hajmli (Big data) ma’lumotlarni sun’iy intellekt orqali tahlil qilish” mavzusidagi xalqaro konferensiyaga tashrif buyurgan 30 dan ortiq davlatlarning audit tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Tadbir davomida musobaqalarning faol ishtirokchilari munosib taqdirdlandi.

Mehmonlar Prezidentimiz tashabbuslari bilan barpo etilgan zamonaviy Olimpiya shaharchasidan o‘rin olgan zamonaviy sport inshootlari bilan ham yaqindan tanishdilar.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting