locale OZ

Olimpiya shaharchasi sport inshootlarini eksplutatsiya qilish masalalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi

SMART kameralari va FaceID terminallarni o‘rnatish masalalari muhokama qilindi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Olimpiya shaharchasi sport inshootlarini eksplutatsiya qilish masalalari yuzasidan taqdimot o‘tkazildi
Фото: Спорт вазирлиги

Sport vaziri Adham Ikramov huzurida poytaxtimizda bunyod etilgan Olimpiya shaharchasini eksplutatsiya qilish masalalari hamda shaharcha hududidagi barcha obyektlardan samarali foydalanishni yo‘lga qo‘yish yuzasidan taqdimot bo‘lib o‘tdi.

Sport vaziri o‘rinbosari Avazjon Karimov tomonidan o‘tkazilgan taqdimot davomida Olimpiya shaharchasi obyektlaridan foydalanish direksiyasi tomonidan ushbu yo‘nalishda amalga oshiriladigan ishlar, “Raqamlashtirish va sertifikatlash markazi” MCHJ bilan hamkorlikda Direksiyani texnik jihatdan qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari, shaharcha hududi va sport inshootlariga SMART kameralari va FaceID terminallarni o‘rnatish masalalari muhokama qilindi.

Yig‘ilish davomida Olimpiya shaharchasini eksplutatsiya qilishga doir masalalarni o‘z vaqtida va sifatli tarzda amalga oshirish yuzasidan mas'ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting