locale OZ

Olimpiada sovrindorlari Budapesht tatamida — so‘nggi kunda hal qiluvchi bellashuvlar

Yurtimiz dzyudochilari jahon chempionatida medallar uchun hal qiluvchi bahslarga chiqishadi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Olamsport.uz

Budapeshtda o‘tayotgan kattalar o‘rtasidagi dzyudo bo‘yicha jahon chempionati yakka bahslarining so‘nggi kuniga yetib keldik. Bugungi kun dasturidan ayollar o‘rtasida +78 kg, erkaklar o‘rtasida esa +100 kg vazn toifasidagi bahslar o‘rin olgan.

Yurtimiz vakillaridan Iriskhon Qurbonboeva musobaqani italiyalik Erika Simonettiga qarshi duel bilan boshlaydi. Olimpiada sovrindori Alisher Yusupov senegallik Mbangnik Ndiayega qarshi tatamiga chiqsa, Muzaffarbek To‘raboev niderlandiyalik Yur Speykersga qarshi bellashadi.

Bugungi kun — jahon chempionatidagi medallar uchun so‘nggi imkoniyat. Dzyudochilarimizga g‘alaba va omad yor bo‘lishini tilab qolamiz.

Saralash bahslari Toshkent vaqti bilan soat 15:00da boshlanadi.

Bugungi juftliklar:
• +78 kg: Iriskhon Qurbonboeva — Erika Simonetti (Italiya)
• +100 kg: Alisher Yusupov — Mbangnik Ndiaye (Senegal)
• +100 kg: Muzaffarbek To‘raboev — Yur Speykers (Niderlandiya)

Bakradze Iman
Bakradze Iman
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting