Olimpiada sovrindorini mag'lub etgan Abdurahim Nutfulloyev \"Katta dubulg'a\" chempioniga aylandi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Photo: Getty Images
Bugun Mo'g'ulistonning Ulan-Bator shahrida dzyudo bo'yicha "Katta dubulg'a" musobaqasi start oldi. Unda ishtirok etayotgan O'zbekiston terma jamoasi hisobiga dastlabki kunning o'zidayoq oltin medal yozildi.
-66 kg vazn toifasida qatnashgan yurtdoshimiz Abdurahim Nutfulloyev barcha raqiblarini mag'lub etib, musobaqa chempioniga aylandi. Qayd etish joiz, dzyudochimiz final bellashuvida Parij-2024 yozgi Olimpiya o'yinlari sovrindori, moldovalik Denis Vieruni mag'lubiyatga uchratishni uddaladi.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist