locale OZ

Olim Hakimovich: Namuna bo‘lib ishlansa, albatta natija ham bo‘ladi

Samarqand shahar Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi direktori sportchilar bilan mashg‘ulot jarayonida faol ishtirok etib, rahbar uchun shaxsiy namuna muhimligini ta'kidladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Olim Hakimovich: Namuna bo‘lib ishlansa, albatta natija ham bo‘ladi
photo: Kurash Uzbekistan

Samarqand shahar Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazi direktori Bagirov Olim Hakimovich sportchilar bilan mashg‘ulot jarayonida faol ishtirok etib, rahbar uchun shaxsiy namuna muhimligini yana bir bor ta’kidladi.

— Olim Hakimovich, bugun sizni sportchilar bilan birga gilamda ko‘ryapmiz. Buning sababi nimada?

— Bugungi kunda rahbar faqat kabinetda o‘tirib boshqarishi yetarli emas. Rahbarlar pastga tushib, bevosita gilamda ishlashi kerak. Sportchi rahbarni yonida ko‘rsa, undan ruhiy kuch oladi. Eng muhimi, bu ularga namuna bo‘ladi. Namuna bo‘lib ishlansa, albatta natija ham bo‘ladi.

— Sizningcha, bu yondashuv qanday samara beradi?

— Agar barcha rahbarlar sportchi bilan birga mashg‘ulot jarayonida bo‘lsa, muammolarni o‘z ko‘zi bilan ko‘radi. Shunda yechim ham tez topiladi. Barchamiz birgalikda ishlasak, natijalar yanada yaxshilanadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting